Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy etish Innovatsion markazida rahbariyat o‘zgardi. Bu haqda markaz saytida xabar qilindi.

Bunga qadar Davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining «Kompyuterlashtirish va geoinformatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish markazi» DUK direktori bo‘lib ishlagan Farhod Ibragimov yangi direktor bo‘ldi.

30 noyabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov yangi rahbarni markaz jamoasiga tanishtirdi.

Yangi direktor oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar qatorida axborot texnologiyalari sohasini biznes muhitni yaxshilash, IT-industriya eksporti hajmini oshirish yo‘li bilan rivojlantirish o‘rin olgan.

Bunga qadar innovatsion markazga rahbarlik qilgan Xurshid Sultonov Mirzo Ulugbek Innovation Center´da faoliyatini davom ettiradi. U markazning ta’lim muassasalari bilan hamkorligiga javob beradi