1 dekabr kuni yangi Buxoro-Miskin temir yo‘lini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Buxorodan Miskingacha bo‘lgan 355 km lik tarmoqni qurish ishlari 2016 yil dekabrda bir vaqtning o‘zida ikki tomondan boshlangan edi. Temir yo‘lining ikki bo‘lagi 1 sentyabr kuni to‘qnashdi.

Yangi yo‘lning ishga tushirilishi natijasida Toshkent bilan Urganch o‘rtasidagi masofa 75 km ga qisqardi. Bugunga qadar poytaxtdan Xorazm viloyati ma’muriy markaziga qadar Navoiy-Uchquduq-Miskin yo‘nalishi bo‘yicha qatnar edi.

Liniyani yotqizish jarayonida 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 5 ta yangi stansiya (Yangiobod, Tuztepa, Uchachik, Suzakdor, Даутепа) va 5 ta raz’ezd (Mashak, Azanir, Alabuga, Jakasoy, Akchuqa) bunyod etildi. 1500 nafardan ziyod ishchi va mutaxassislar, 1000 dan ortiq qurilish texnikalari va mexanizmlari faoliyat ko‘rsatdi.

Dastlab, yangi liniya bo‘ylab yuk tarkiblari harakatlanadi. Yo‘lovchilarni tashish esa infratuzilmalar faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Istiqbolda yangi liniya bo‘ylab Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva turistik shaharlar yagona transport yo‘nalishini bog‘lovchi Afrosiyob tezyurar poyezdlari harakatlanadi.