Payshanba kuni Mozori Sharifda (Afg‘oniston) ochilgan «O‘ztreyd» shourumida O‘zbekiston korxonalari mahsulotlarining keng assortimenti taqdim etildi.

Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, yozda ochilgan „O‘ztreyd“ Mozori Sharif» savdo uyi bazasida faoliyat ko‘rsatuvchi shourumda oziq-ovqat, qandolat mahsulotlari, elektrotexnika vositalari, to‘qimachilik mahsulotlari, gilamlar va boshqa mahsulotlar taqdim etilgan.

Bugungi kunga qadar «O‘ztreyd» afg‘on hamkorlar bilan 29 mln dollardan ziyod miqdordagi shartnomalarni imzoladi. Jumladan, 17,5 mln dollarlik bug‘doy, 16 ming dollarlik sement hamda 2000 dollarlik polipropilen qoplar yetkazib beriladi.