O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Super liga va Pro-liga ovoz berish yo‘li bilan yangi logotiplarni tanlaydi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar qildi.

1 yanvardan boshlab o‘tkaziladigan tanlovda barcha xohlovchilar o‘z logotiplari bilan ishtirok etishlari mumkin. Eng yaxshi variantlar onlayn ovoz berishga qo‘yiladi. Ovozlarni sun’iy ravishda to‘planishining oldini olish uchun ovoz berishda qatnashuvchilar elektron pochta manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.

«Futbol - yurtimizdagi eng sevimli sport turi. Shu sababli yangi logotip muxlislar tomonidan tanlanishi kerak», - deyiladi O‘FF xabarida.

Logotiplarni logo@ishtirok.uz manziliga yuborish mumkin.