Janubiy Koreyaning «Inchxon» Xalqaro aeroporti korporatsiyasining ikki nafar maslahatchisi uch oy davomida poytaxt aeroportining «Toshkent-2» xalqaro liniyalar terminali faoliyati samaradorligini oshirish ustida ishlaydi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi xabar qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga uyushtirgan davlat tashrifi doirasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» delegatsiyasi «Inchxon» aeroporti (Incheon International Airport Corporation — IIAC) rahbari Chuang Il-Yong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvlar jarayonida mavjud «Toshkent-2» terminali samaradorligini oshirish yo‘li muhokama qilib, o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Ushbu memorandumga ko‘ra, poytaxt aeroporti faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni tayyorlash uchun maslahatchi sifatida IIAC mutaxassislarini jalb qilishni ko‘zda tutadi.

«Inchxon» xalqaro aeroporti yiliga 57 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. 2005 yildan «Inchxon» har yili Xalqaro aeroportlar kengashi talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi aeroporti deb tan olinib, Britaniyaning Skytrax tadqiqot kompaniyasi talqini bo‘yicha «Besh yulduz» oliy reytingini olib keladi.

Toshkent aeroporti ko‘p yillardan buyon alohida xizmatlar faoliyatining samarasiz tashkil etilishi va infratuzilmalarning noqulayligi sababli yo‘lovchilar noroziligini keltirib chiqarmoqda.