Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan O‘zbekistonda taqiqlangan «Hizb-ut Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarmog‘i fosh etildi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt IIBB boshlig‘i Bahodir Qurbonovning ma’lum qilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tashkilotning faol a’zolari qo‘lga olingan va hozirda hibsda saqlanmoqda.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari ibodatxonlarning ommaviy ravishda hibsga olinganini inkor etdi.

«Ibodatxonlarning uylarida o‘tkazilgan „reydlar“ to‘g‘risida, hech kim hibsga olinmadi, Yangiyo‘l, Chinozda hech qanday tadbir o‘tkazmadik. Faqatgina Toshkentda, birinchi navbatda [Go‘zal] To‘xtaxo‘jayevani aniqlash va uning aloqalarini fosh qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazdik. Aloqalar aniqlandi», - dedi u.

Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva (fotoda) 2009 yildan buyon qidiruvda, unga diniy-ekstremistik faoliyatda ishtirok etgani uchun sirtdan ayblov e’lon qilingan.

«Unga nisbatan qidiruv tadbirlari to‘xtatilgani yo‘q. U O‘zbekiston va boshqa davlatlar, jumladan Rossiyada taqiqlangan „Hizb-ut Tahrir“ diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorlari tomonidan yashirilgan», - deya ma’lum qildi Bahodir Qurbonov.