Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi O‘zbekistonning qishloq tumanlarida birinchi tibbiy-sanitar yordam sifatini yaxshilash uchun 45 mln so‘m miqdorida qarz ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, mamlakatda bevaqt o‘limlar darajasini pasaytirish va noinfeksion kasalliklardan himoyalash maqsadlarida birlamchi tibbiy-sanitar yordamni kengaytirish zarurati mavjud.

Birlamchi tibbiy-sanitar yordamni yaxshilash loyihasi OTBning 2004 yildan keyingi sog‘liqni saqlash sohasidagi birinchi loyihasi bo‘lib, qishloq vrachlik punktlari bazasida tashkil etilayotgan 793 ta yangi oilaviy poliklinika uchun zamonaviy tibbiy uskunalarni taqdim etishni ko‘zda tutadi.

Yangi uskunalar sharofati bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi og‘riqli masalalar, xususan yurak kasalliklari darajasini pasaytirish, ko‘ngilli kuzatuvlarni yaxshilash va surunkali xastaliklarni bartaraf etish kabi murakkabliklarni yengib o‘ta oladi.

Loyiha doirasida yangi poliklinikalardagi tibbiy xodimlar malakasini oshirish va 3000 nafar tibbiy texnologik uskunalar operatorlari, shifokorlar va hamshiralar uchun treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Loyiha bo‘yicha Sirdaryo viloyatidan boshlab tibbiy boshqaruv tizimida raqamli axborot texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni o‘z ichiga olgan asosiy monitoring vositalarini institutsionallashtiriladi. Natijalardan butun respublikada tibbiy xizmatlardan foydalanishni osonlashtirish, qamrovini oshirish, aholi salomatligi va farovonligi darajasini yuksaltirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.