Rossiyalik kosmonavt, Xalqaro kosmik stansiya kapitani Sergey Ryazanskiy Toshkentning koinotdan olingan yangi suratlarini e’lon qildi.

Shanba, 25 noyabr kuni olingan ikkita tasvirda O‘zbekiston poytaxtining tungi va kunduzgi vaqtlardagi qiyofasi aks etgan. Kosmonavt fotosuratlarga yozgan izohida ularni ko‘p sonli iltimoslarga binoan olganini qayd etadi.

Sergey Ryazanskiy — dunyoning 535-, Rossiyaning 117-kosmonavti. Koinotda ikkinchi marta bo‘lishi (avvalgisi iyul oyida boshlangan). Ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram) muntazam ravishda koinotdan fotosuratlar va videoroliklarni e’lon qilib boradi, tez-tez dunyoning u yoki shahrini suratga olish bo‘yicha foydalanuvchilarning iltimoslarini bajaradi.