Toshkentning Uchtepa tuman IIB tomonidan fuqaro Guzal Toxtaxodjayeva (1986 yilda tug‘ilgan) qidirilayotgani haqida ma’lum qildi. Poytaxt IIBB saytida xabar qilinishicha, u Jinoyat Kodeksining 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244−2 (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Qidiruvdagi shaxsning belgilari: bo‘yi 165−167 sm, o‘rta gavdali, ko‘zi yumaloq jigarrang, qoshi to‘g‘ri, oq sariqdan kelgan, yuzi cho‘zinchoq shaklda.

Ayolni ko‘rganlar yoki uning qayerda ekanligini bilganlardan «102», 281−93−02, 281−92−80, 283−94−45, 284−93−23 telefon raqamlariga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga xabar berishi so‘ralmoqda.