O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misrning Sinay yarim orolida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab tinch aholi, xavfsizlik xodimlari qurbon bo‘lganligi munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi. Uma kuni Sinay yarim oroli shimolidagi Ar-Arish shahri yaqinida joylashgan ar-Roud masjidiga terroristlar hujum uyushtirdi.

RIA Novostining xabar qilishicha, terakt oqibatida 305 kishi halok bo‘lgan, 128 kishi jarohatlangan. Misrda uch kunlik motam e’lon qilindi. Mamlakat Prezidenti halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik majmuasi barpo etishga topshiriq berdi.