23 noyabr kuni Toshkentda Yengil atletika markazi ochildi. O‘zAning xabar qilishicha, bu kabi inshoot Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

Sport ob’ektida 9 ta yugurish yo‘lagi, uzunlikka sakrash uchun 4 sektor, balandlikka va langarcho‘p bilan sakrash uchun 2 tadan sektor, yadro uloqtirish, disk, to‘qmoq va nayza otish uchun maydoncha, 3000 metrga yugurish yo‘lakchasi mavjud.

Shuningdek markaz binosida 72 kishiga mo‘ljallangan yotoqxona, mashg‘ulotlar zali, basseyn, kiyim almashtirish va tibbiy xonalar o‘rin olgan.