Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faxriy maslahatchisi maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda vazirlik qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

22 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti SHAvkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida agentlik rahbari Xo‘jabahlil Asomov va Kim Yon Se o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, Kadrlar tayyorlash va bandlik darajasini qo‘llab-quvvatlash dasturini tasdiqlagan edi.

2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda ishlashga ruxsat olish uchun O‘zbekiston fuqarolarini koreys tiliga o‘qitish markazi ochilishi lozim.