Ulug‘bek Sunnatov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati. U 2014 yildan buyon O‘zbekiston bosh prokurori yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Mazkur lavozimga u yaqinda vazifasidan ozod qilingan Jamshid Fayziyev o‘rniga tayinlandi.

Rashid Rahmatov esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori bo‘ldi. Bunga qadar u Bosh prokuraturada bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimida yaqinda mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan Erkabay Tadjiyev faoliyat ko‘rsatgan.