25−26 noyabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga. Haroratning o‘rtacha 5−8 darajaga pasayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida tungi haroratning Selsiy bo‘yicha -5 darajagacha tushishi kutilmoqda. Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

23−26 noyabr uchun ob-havo ma’lumotlari
Qoraqalpog‘iston
Havo o‘zgarib turadi, 23 noyabr kuni yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 24 noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 26 noyabrda ayrim joylarda bir oz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin (yomg‘ir, qor). Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 noyabr kuni kechasi +2…+7, kunduzi+13…+18 daraja, 24−26 noyabrda — kechasi asta-sekin −5…−0 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha tushadi.

Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, 23 noyabr kuni yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 24 noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 26 noyabrda ayrim joylarda bir oz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin (yomg‘ir, qor). Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 noyabr kuni kechasi +2…+7, kunduzi+13…+18 daraja, 24−26 noyabrda — kechasi asta-sekin −5…−0 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha tushadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 23−24 noyabr kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 25−26 noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 26 noyabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 noyabr kuni kechasi +2…+7, kunduzi +15…+20 daraja, 24 noyabr kechasi +5… +10, kunduzi +15…+20 daraja, 25−26 noyabrda — asta-sekin kechasi +2…+7 darajagacha, kunduzi +7…+12 darajagacha tushadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 23−24 noyabr kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 25−26 noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, 26 noyabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 noyabr kuni kechasi +2…+7, kunduzi +15…+20 daraja, 24 noyabr kechasi +5… +10, kunduzi +15…+20 daraja, 25−26 noyabrda — asta-sekin kechasi +2…+7 darajagacha, kunduzi +7…+12 darajagacha tushadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 23−24 noyabr kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 25−26 noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi 23−25 noyabr kunlari +17…+22 daraja, 24 noyabr kechasi +5… +10, kunduzi +15…+20 daraja, 26 noyabrda +10…+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 23−24 noyabr kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 26 noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2…+7, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 23−24 noyabr kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda yog‘irgarchiliklar (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 25−26 noyabr kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23−24 noyabr kunlari kechasi 0…+5, kunduzi 9…+14 daraja, 25−26 noyabrda — kechasi asta-sekin −8…−3 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha tushadi.