Koreya Respublikasi va O‘zbekiston xalqlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-25 noyabr kunlari mazkur mamlakatga uyushtiradigan davlat tashrifidan ko‘p natijalarni kutmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasi raisi Viktor Pak «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Tashrifdan bir ozgina avval O‘zbekistonda koreyslarning ushbu mamlakatda yashashni boshlaganiga 80 yil to‘lishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 200 ming nafardan ziyodni tashkil etuvchi koreys diasporasini «ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ajralmas qismi» deb atagan edi.

«Mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha koreyslar juda ta’sirlandi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadbirlarda va O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi arafasida Koreya Respublikasida bo‘lganimizda ham uning aks-sadosini his etdim. Men parlament deputatlari, tadbirkorlar, oddiy odamlar bilan uchrashdim. Ularning barchasida koreyslar o‘z vatani deb hisoblovchi, ta’lim olish, ishlash, davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston haqida juda iliq fikrlarni bildirishdi», - dedi Viktor Pak.