Juma, 10 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» vazirlarning 13-an’anaviy uchrashuvida ishtirok etib, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro anjumanda nutq qilgan edi.

Federaka Mogerini uchrashuv arafasida «Gazeta.uz"ga bergan intervyusida YeIning mintaqadagi o‘rni, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha Bryusselning pozitsiyasi hamda markaziy osiyolik hamkasblari bilan muhokama qilinishi rejalashtirilgan mavzular to‘g‘risida so‘zlab berdi.

— Samarqand shahrida o‘tkaziladigan vazirlar uchrashuvida kun tartibiga qanday masalalar qo‘yilgan? Bu tadbirdan Siz nimalarni kutyapsiz?

— Markaziy Osiyoning barcha davlatlari ташқи ishlar vazirlari bilan hamkorlikda uchrashuv o‘tkazish bizga masalalarni ikki tomonlama hal qilishdan ko‘ra shu kabi formatda ochiq muhokama qilishning noyob imkonini beradi. Yevropa Ittifoqi dunyoda mintaqaviy integratsiyaning eng ilg‘or va muvaffaqiyatli loyihasi bo‘lgancha davlatlarning umumiy masalalar bo‘yicha hamkorlikda ishlashi manfaatli bo‘lishini ancha oldin tushunib etgan. Axir biz hamkorlik qilgancha o‘z mamlakatimiz aholisining hiyla yuqori manfaatlarini ta’minlaymiz. Samarqand uchrashuvi men uchun shu kabi tadbirlarning uchinchisi bo‘ladi; oxirgi yillarda men integratsiyaga aynan shunday tendensiyani kuzatyapman. Bu o‘ta ijobiy ko‘rinish, chunki bu tadbir sharofati bilan mamlakatlar tomonidan yolg‘izlikda hal qilinmaydigan (masalan, chegaraga oid suv resurslarini boshqarish) yoki alohida mamlakatlarga qaraganda mintaqa darajasida ancha muvaffaqiyatli hal qilinadigan masalalar (misol uchun, terrorizm va radikallashtirishga qarshi kurashish) yanada ko‘proq innovatsion usullar va birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal qilinadi. Yevropa Ittifoqi mintaqaviy integratsiyaning bu jarayoni va umumiy ечим izlash uchun muzokaralar o‘tkazishga ko‘maklashishga tayyor.

Shu boisdan bizning Samarqanddagi uchrashuvimiz mintaqa mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan masalalarga bag‘ishlanadi. Biz, albatta, ЕИ va Markaziy Osiyo o‘rtasida bo‘lganiday, Markaziy Osiyoning o‘z davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va savdoga oid aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqamiz. Xavfsizlik masalalari — suv ta’minoti xavfsizligidan ekstremizga qarshi kurashishgacha — eslatib o‘tganimdek, muhokama qilinadi. Avvalgi uchrashuvlar davomida biz qator birgalikdagi tashabbuslarni kelishib olgandik va men umid qilamanki, biz bu sohalardagi o‘zaro harakatimiz darajasini oshirishimiz mumkin. Albatta, biz inson huquqlari va qonun ustuvorligi to‘g‘risida ham so‘zlashamiz. Европа Ittifoqi hamisha inson huquqlari himoyachisi va demokratik institutlar taraqqiyoti tarafdori sifatida faol harakatlar olib borgan; biz har doim o‘zimizning markaziy osiyolik hamkorlarimizni kelgusida mazkur yo‘nalishda taraqqiyotga erishishini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

— Janobi oliyalari, Samarqanddagi uchrashuvda muhokama qilinadigan xavfsizlik masalalari Afg‘onistondagi vaziyat bilan chambarchas bog‘liq. Bu vaziyatni Bryussel qanday baholayapti? AQSH ning yaqin kunlardagi tashabbuslari qanchalik maqsadga muvofiq, YeI va AQSHning Afg‘onistonga taalluqli strategik rejalarida tafovutlar bormi?

— Afg‘onistonda Yevropa Ittifoqining maqsadi — mamlakat aholisi uchun eng yaxshi o‘zgarishlarni yaratishdan iborat. Tushunarliki, xavfsizlik nuqtai nazaridan bo‘lganiday, iqtisodiy nuqtai nazardan ham Afg‘onistonda murakkabliklar ko‘p, biroq bu bizga mahalliy aholiga barqarorlik, tinchlik va uning taraqqiy qilishiga olib kelish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirishimizga xalaqit qilmaydi. Bir necha hafta oldin Yevropa Ittifoqi tomonidan Afg‘onistonga nisbatan bizning kuchlarimizni ishga solish joylarini birmuncha o‘zgartirishga chorlangan yangi strategiya tasdiqlandi. Bu strategiya Yevropa Ittifoqi va Afg‘onistonning umumiy ustuvorligini tan olishdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Afg‘oniston hukumati va boshqa manfaatdor tomonlar, shuningdek, xalqaro mintaqaviy sub’ektlar bilan birgalikda Amerika Qo‘shma Шtaтлари va Markaziy Osiyo davlatlarini kiritgan holda biz to‘rtta muhim yo‘nalishda ishlaymiz: birinchidan, tinchlik, barqarorlik va mintaqaviy xavfsizlikni o‘rnatish; ikkinchidan, demokratiya, qonun ustuvorligi, inson huquqlarini muhofaza qilishni mustahkamlash maqsadida tegishli boshqaruvni rivojlantirish va ayollarning huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish; uchinchidan, iqtisodiyot va insoniy potensialni tarraqiy ettirishni qo‘llab-quvvatlash; to‘rtinchidan, migratsiya muammolarini hal qilish. Yevropa Ittifoqining yangi strategiyasi — Hamkorlik, sheriklik va taraqqiyot to‘g‘risidagi fevralda imzolangan yangi Bitim, shuningdek, iyun oyida ЕИ ning Afg‘onistonda Maxsus elchisi tayinlanganidan keyin navbatdagi hujjat bo‘lib, bu Европа Ittifoqining Afg‘oniston bilan ishlashga qat’iy tayyorligi va uning bu maqsadlarga sodiqligidan dalolat beradi.

ЕИ va Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlarining 2016 yil октябридаги avvalgi uchrashuvini o‘tkazish vaqtida Yevropa Ittifoqi Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha Konferensiya tashkillashtirdi. O‘shanda Afg‘oniston bilan ishlashda xalqaro hamjamiyatlarning sodiqligi yuzasidan bildirilgan shubhaga biz birgalikda hal qiluvchi javob berdik: mamlakatda 2017 yildan 2020 yilgacha islohotlar o‘tkazish uchun xalqaro hamjamiyatlar ajratishni va’da qilgan 13,6 mlrd евроdan 5 mlrd еврони Yevropa Ittifoqi taqdim etdi; Afg‘onistonga farovon, tinch kelajak qurishi uchun ishonchli ko‘mak ko‘rsatish мақсади atrofida yuzta davlat va xalqaro tashkilotlar birlashdi. Afg‘onistonda tinchlikka erishish nafaqat shu mamlakatning barqarorligi va gullab-yashnashi uchun, balki qo‘shni davlat va mintaqalar uchun ham o‘ta muhim. Va men Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlarining vazirlari bilan aynan shu haqda gaplashaman. Biz tinchlikka erishish tomon harakat qilishimiz zarur, buning uchun esa mamlakat mintaqalariga faol ko‘maklashilgani kabi YeI tomonidan mintaqaning o‘zini ham bir butun holda qo‘llab-quvvatlash zarur.

— Ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston yangi rahbarining siyosiy tashabbuslarini tahlil qilgancha Toshkent qo‘shnilari bilan munosabatlarini yaxshilagancha mintaqada vaziyatni o‘zgartiryapti. Sizning fikringizcha, ushbu тенденция barqarormi?

— Oxirgi vaqtlarda boshlangan va olib borilayotgan islohotlar muhim va mamlakatning ichki vaziyatiga bo‘lganiday, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda hamkorlar bilan munosabatni O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvorligidan biri deb atadi va u bu so‘zlarning aniq ishlarda amalga oshishi yuzasidan muayyan qadamlar qo‘ymoqda. Biz buning ba’zi natijalarini hozirdanoq ko‘rib turipmiz, xususan, chegaralarni delimitatsiyalar bo‘yicha tashabbuslar, mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, xalqlar o‘rtaqidagi aloqalar va o‘zaro safarbarlikni rag‘batlantirish, shuningdek, mintaqada sheriklik munosabatlarini umumiy rivojlantirish. Albatta, biz mintaqada bizning sheriklarimiz o‘rtasida dialogni kelgusida taraqqiy ettirish uchun hali ko‘plab ishlar qilinishi kerakligini tushunamiz, muayyan masala va jihatlar esa katta mehnat va ishonchni talab qiladi, ammo o‘zgarish sur’ati muayyan tarzda istiqbolli. Zamonaviy olamda da’vatlar alohida davlatlar chegaralari bilan cheklanmagan, totuv қўшничилик munosabatlari va hamkorlik — barqaror ечимларga yagona yo‘ldir. Yevropa Ittifoqi bunday o‘zaro harakatga intiluvchi mamlakat va mintaqalarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

— Markaziy Osiyoda Rossiya Federatsiyasi, AQSH va Xitoy asosiy kuchlar hisoblanadi. Mintaqada Yevropa Ittifoqining roli kam ahamiyatli deb idrok etiladi. Siz bu haqda nima deb o‘ylaysiz? Vaziyatning o‘zgarishiga zamin bormi?

— O‘tgan yili Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat bo‘yicha o‘zining yangi strategiyasini taqdim etdi. YeI ning tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati bo‘yicha global strategiyasida biz o‘z Ittifoqimizni qanday ko‘rishimiz va qolganlar qanday ko‘rishini istagan bo‘lishimiz ko‘rsatilgan: jahon miqyosidagi ishonchli davlat; xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash ishonib topshiriladigan tashkilot; savdo va iqtisodiyotda almashtirib bo‘lmaydigan sherik; тинчлик yaratuvchi; inson huquqlari himoyachisi va fuqarolik jamiyati tayanchi, shuningdek, xizmatlari asosida insoniy potensial rivojlanishining harakatga keltiruvchi kuch. Bizning Ittifoqimiz tizim qoidalariga asoslangan serqirra o‘zaro harakatni doimiy himoyalaydi va ommalashtiradi. Biz barqaror taraqqiyot sohasida maqsadlarga erishish ustida BMT bilan qo‘lni qo‘lga berib ish olib boramiz: Yevropa Ittifoqi va bizning a’zo davlatlarimiz taraqqiyot maqsadida boshqa qolgan davlatlarni birgalikda olganda beradiganiga qaraganda kattaroq hajmda moliyalashni taqdim etadi. Biz dunyoda texnogen va tabiiy ofatlar vaziyatida hammadan ko‘proq muhtoj bo‘luvchilarga hayotiy zarur ko‘makni ko‘rsatadigan gumanitar yordamning eng yirik donori hisoblanamiz. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda suv bosish, vulqon, er silkinishi, qahraton qish kabi tabiiy ofatga duchor bo‘lgan aholiga, shuningdek, zo‘ravonlikning o‘tmishda avj olishi natijasida zarar ko‘rganlarga, shuningdek, zo‘ravonlikning o‘tmishda avj olishi natijasida zarar ko‘rganlarga alohida e’tibor ajratgancha umumiy byudjeti 230 mln evroni tashkil etadigan 110 dan ortiq loyihani moliyaladi. Yevropa Ittifoqi kuchli demokratik institutlar, tegishli boshqaruv va qonun ustuvorligi, korrupsiyaga qarshi kurashish, savdo erkinligi, shuningdek, iste’molchilar va investorlarni muhofaza qilishning eng yuqori standartlariga amal qiladi. Biz o‘zimizning xorijiy sheriklarimiz bilan xavfsizlik sohasida, ayniqsa, yoshlar orasida terrorizmning oldini olish va radikallashtirishga qarshi kurashish kabi muhim masalalar bo‘yicha zich hamkorlik qilamiz. Bularning barchasi — Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatiga asos soluvchi tamoyil bo‘lib, bizning Markaziy Osiyo bilan ishimizga ham to‘liq tatbiq etiladi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabati boshqa davlatlar va kuchlar bilan raqobatlashish uchun quriladi; bizning harakatlarimiz mintaqada yashovchi odamlarning turmush tarzini faqat yaxshilashga yo‘naltirilgan. Biz bu bilan faxrlanamiz va bizga butun dunyo bo‘ylab shuncha davlatlarning alishtirib bo‘lmas sherik maqomini yuklaydigan mas’uliyatimizni chuqur anglaymiz.

— YeIning Markaziy Osiyoga nisbatan birinchi Strategiyasi qabul қилинgaнdan 10 yil keyin ЕИ Kengashi YeIning mintaqadagi strategiyasiga taalluqli xulosalarni tasdiqladi. 2019 yilning oxiriga kelib YeIning Bosh Vakili va Yevropa Komissiyasi yangi strategiya bo‘yicha takliflar taqdim etishi lozim. Shu 10 yil ichida nimalar o‘zgardi va Markaziy Osiyo hamda O‘zbekistonda ЕИ ishining ustuvor sohalari qaysilar?

— O‘tgan 10 yil davomida Yevropada bo‘lganiday Markaziy Osiyoda ham ko‘p narsalar o‘zgardi. Shuning uchun biz Strategiyamizni qayta ko‘rib chiqish va yangilash vaqti etdi, deb hisoblaymiz. Yanada yangi imkoniyatlar va takliflar yuzaga keldi, agar oldinga harakat qilmasak, ortda qolib ketish mumkin. Markaziy Osiyoda yaqinda sodir bo‘lgan hodisalar bizga mintaqada hamkorlik qilishning yangi istiqbolllarini ochib berdi. Va men hamkorlikda ishlashni nafaqat Yevropa Ittifoqi tomonidan faollashtirishga talab borligini, balki mintaqadagi barcha suhbatdoshlarim tomonidan aniq ko‘rib chiqilayotganini ko‘ryapman. Biz ko‘pgina sohalarda markaziy osiyolik sheriklarimiz bilan aloqa o‘rnatib ulgurdik va ularni kelgusida ham rivojlantirishni istardik. Aytib o‘tganimdek, bizning maqsadimiz — bu mamlakatlar xalqlari uchun va umuman mintaqa uchun yaxshi tomonga o‘zgarishlarni ta’minlashdan iborat. Mahalliy fermerlarga ularning daromadlari va turmush darajalarini oshirish uchun yangi bozorlar ochish; mahalliy tadbirkorlarni g‘oyalar ishlab chiqish va ularni rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlash; mintaqada fuqarolarning fikrlari eshitilishi, shuningdek, ularning huquqlariga amal qilinishi uchun demokratik institutlarni mustahkamlash; mahalliy hamjamiyatlarga barqaror taraqqiy etishlarida yordamlashish; imkoniyatlar cheklangan mintaqalarda elektr quvvati, suv va transport bilan ta’minlash uchun infratuzilmani takomillashtirish, shuningdek, bolalarning o‘z potensialini to‘liq ro‘yobga chiqara olishlari uchun ta’lim sifatini oshirish. Bu Yevropa Ittifoqi shu vaqtga qadar harakat qilgan va yanada faol harakat qiladigan ko‘plab sohalardan ba’zilari xolos. Xavfsizlik masalalari, shu jumladan, radikallashtirish va odamlar hamda tovarlarni noqonuniy tashishga qarshi kurashish ham transchegaraga oid hamkorlikni faollashtirish zarur bo‘lgan boshqa sohalar qatorida Европа Ittifoqi kabi Markaziy Osiyo uchun boshqa sohalar qatorida ham o‘ta muhim bo‘lib qolmoqda. Biz belgilagan rejalar keng qamrovli va ijobiy; ular biz to‘liq darajada amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan bizning oldimizda turgan taklif va imkoniyatlarning umumiy ustuvorligini aks ettiradi.

— Markaziy Osiyo bo‘yicha qarorlar bir ovozdan qabul qilinadimi? Sizning fikringizcha, u ЕИ Global strategiyasida qanday o‘rin egallaydi?

— Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari hozir Markaziy Osiyo bilan ishni faollashtirish va mintaqada ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun munosib lahza ekanini yaqqol anglaydilar. Aytib o‘tganimdek, bu YeIning Markaziy Osiyodagi Strategiyasini qayta ko‘rib чиқиш sabablaridan biridir. ЕИ a’zo-davlatlari amaldagi va bo‘lg‘usi Strategiyani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadilar, axir Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik sohasidagi qarori avvalgidek bir ovozdan, ya’ni YeI ning barcha 28 ta davlati tomonidan qabul qilinadi. Shubhasiz, biz bu bilan birgalikda va o‘zimizning markaziy osiyolik sheriklarimiz bilan doimiy kelishuv asosida shug‘ullanamiz. Yevropa Ittifoqi Bryusselda muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazadi, ЕИ vakolatxonasi esa markaziy osiyo mamlakatlarida umumiy yondoshuvlarni ishlab chiqish uchun Ittifoq davlatlarining elchixonalari bilan o‘zaro faoliyat olib boradilar.

Markaziy Osiyo bilan bizning munosabatlarimiz YeIning Global strategiyasi doirasida belgilanadi. Global tahdidlar va takliflarga javoban Yevropa Ittifoqi mamlakatlarga ularning barqarorligini oshirish maqsadida ko‘mak ko‘rsatishga katta e’tibor qaratdi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va global boshqaruvga, nizo va инқирозларни hal qilishga yanada har tomonlama va keng qamrovli ёндаshuвни ishlab chiqdi. Markaziy Osiyoning barcha mintaqalari va uning har bir davlati — Yevropa Ittifoqining muhim sheriklaridir. Bizning ishimizni yanada faollashtirish va bu sheriklik munosabatlarini yangi darajaga olib chiqish vaqti етди.