Ikkita AS-350 vertolyoti quyidagi yo‘nalish bo‘yicha parvoz qildi: Muqimiy ko‘chasi, Amir Temur xiyoboni (bu yerda katta doira hosil qilindi) — Amir Temur ko‘chasi — Toshkent teleminorasi — Hayvonot bog‘i — Markaziy harbiy gospital — Akademiklar shaharchasi — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Parkent ko‘chasi — Tuzel.

Mudofaa vazirligidan «Gazeta.uz"ga qayd etilishicha, ushbu sana ilk bor keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, kelgusida davlat ramzlari kunlari «noodatiy usullarda» nishonlanishi qayd etildi.