JV MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi Volkswagen Amarok pikaplarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi kelishuv bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga rasmiy tashrifi va O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi doirasida imzolandi. Loyiha 2018−2019 yillarda amalga oshiriladi, deya xabar qildi JV MAN Auto-Uzbekistan matbuot xizmati.

Kelishuv O‘zbekistonga yangi avtoishlab chiqaruvchi - Volkswagen brendining kirib kelishini anglatadi. Mazkur kompaniya avtotransport vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi uchtalik ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Amarok — Volkswagen modellar guruhi tizimidagi o‘rta hajmli pikap hisoblanadi. Avtomobil boshqaruvchanlik, ulkan asosiy chiroqlar, yuqori yuk tashuvchanlik va boshqa texnik xususiyatlar - doimiy to‘liq 4MOTION uzatmalar, 8 bosqichli tezlik uzatish qutisi va 3 litr hajmga ega V6 TDI motor bilan o‘z sinfida alohida ajralib turadi.

JV MAN Auto-Uzbekistan katta hajmli (yuk tashish xususiyati 15 tonnadan 50 tonnagacha) yuk mashinalari va yo‘lovchi texnikalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Korxonaga 2009 yilda asos solingan va Samarqand viloyatida joylashgan. Kompaniya 50 dan ziyod nomda maxsus texnikalar, jumladan avtobuslar, samosvallar, beton, suv, chiqindi tashuvchi mashinalar ishlab chiqaradi.

Volkswagen AG qarorgohi Вольфсбургда (Germaniya) joylashgan bo‘lib, dunyo va Yevropadagi eng yirik avtoishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. 2016 yilda kompaniya 10,3 миллионdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi Konsern tarkibida 12 ta brend mavjud bo‘lib, ularning 7 tasi: «Volkswagen — yengil avtomobillari», Audi, Seat, Skoda, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Porsche, Ducati, «Volkswagen tijoriy автомобиллари», Scania va MAN Yevropa brendlari hisoblanadi.