O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi kuz boshidan buyon 750 million dollarga oshib, 1 noyabrda 26 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida Markaziy Bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov ma’lum qildi.

«Odatda biz bu ma’lumotni e’lon qilmaymiz, u konfidensial hisoblanadi. Yaqinda davlat rahbarining qarori qabul qilinib, unda qator iqtisodiy ma’lumotlar „sinfsizlantirilib“, ularni ochiq qilishga qaror qilindi. 1 yanvardan boshlab har bir mahkama, jumladan Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari, pul hajmi ko‘rsatkichlari va barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni rasman e’lon qiladi. Va mana, bugun biz birinchi marta rasman oltin-valyuta zaxirasini e’lon qilmoqdamiz», - dedi u.

«Ijodiy natija — biz davlat, Markaziy bank tomonidan valyuta resurslari ta’sirisiz boshlang‘ich davrni bosib o‘tdik», — deya qayd etdi MB rahbariyati vakili.

Timur Ishmetov valyuta siyosatini liberallashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ayrim iqtisodchilarning mamlakatda zaxiralar yetarlimi, degan savolni o‘rtaga tashlaganini ta’kidlab o‘tdi. «Biz o‘tgan yillar davomida jamg‘arilgan oltin-valyuta zaxiralarini sarflashni mo‘ljallamayotganimizni tushuntirishga harakat qildik… Biz kurs bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda shakllantirilishi, bu esa biz kursni qaysidir darajada ushlab turish yoki himoyalash uchun bosim o‘tkazmasligimiz kerakligini e’lon qildik», — dedi u.

Sentyabr oyi boshida erkin konvertatsiyalanuvchi valyuta joriy etilganidan so‘ng valyuta birjalarida xorijiy valyuta sotish hajmi ortdi, dedi MB raisining birinchi o‘rinbosari. Ikki yarim oydan ziyodroq vaqt mobaynida Markaziy bank 325 mln dollar hajmidagi mazkur farqni sotib oldi, dedi u.

Sentyabr oyi boshidan buyon banklar 1,55 mlrd dollar miqdoridagi xorijiy valyutani sotib olgan bo‘lib, ushbu mablag‘ning 644 mln dollari jismoniy shaxslardan ayriboshlash shoxobchalari, 915 mln dollari esa eksportyorlardan xarid qilingan (avvallari eksportyorlar har oyda o‘rtacha 172 mln dollarni valyuta tushumini majburiy sotish doirasida banklarga topshirgan). Ko‘rsatib o‘tilgan davr mobaynida valyuta birjalari orqali yuridik shaxslarga 1,766 mln dollar sotilgan.