O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi huzuridagi Toshkent yuridik kolleji faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Kollej o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida ulardan biri hayotdan ko‘z yumganidan so‘ng oktyabr oyi boshida ta’lim muassasasi direktori Natalya Temirova vazifasidan ozod etilib, kollej ma’muriyatiga nisbatan talon-tarojlikda gumon qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, kollejda hodisaga qadar xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan, qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.

Hukumat qaroriga muvofiq, «kollejdagi muhitni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor yechimini topish maqsadida» kollej faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish topshirildi.

Kollej Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu bilan birga Toshkent yuridik kollejida o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Qarorda o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejdan chetlashtirilishi belgilab quyildi.

Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kollej uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi berildi.

Kolledj vveden v strukturu Tashkentskogo gosudarstvennogo yuridicheskogo universiteta. Utverjden plan meropriyatiy po korennomu uluchsheniyu uchebnogo protsessa, povыsheniyu kachestva obucheniya, urovnya duxovno-nravstvennogo vospitaniya, pravovoy kulturы i pravosoznaniya uchaixsya, a takje ukrepleniyu materialno-texnicheskoy bazы.

Postanovleniye takje ustanavlivayet poryadok otchisleniya uchaixsya iz kolledja, v dopolneniye k ustanovlennomu zakonodatelstvom poryadku, za narusheniye uchebnoy dissiplinы i pravil vnutrennego rasporyadka. K otchisleniyu mogut privesti neposeeniye po neuvajitelnoy prichine uchebnыx zanyatiy boleye 74 chasov v techeniye semestra, a takje narusheniye eticheskix pravil povedeniya.