Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAA jamoasiga qarshi safarda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. 14 noyabr kuni Al-Aynda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 16-daqiqada Ali Mabhut tomonidan urildi. O‘yindan tashqari holatdan qocha olgan hujumchi darvozabon Ignatiy Nesterov bilan yakkama-yakka bahsda uni aldab o‘ta oldi.

O‘zbekiston futbolchilari bosimni oshirdi va hisobni ochishga oz qoldi. Otabek Shukurov tomonidan xavfli jarima to‘pini egallagan Marat Bikmayevning zarbasini himoyachi qaytara oldi. Islom To‘xtaxo‘jayevning chiroyli tarzda kiritgan goli esa raqib jamoa jarima maydonchasidagi Ivan Nagayev yo‘l qo‘ygan qo‘pollik sababli inobatga olinmadi.