«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniya O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlikda aviachiptalarni xalqaro bank kartalari orqali onlayn sotishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani yakunladi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, 10 noyabrdan boshlab aviachiptalar uchun Visa kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Keyingi bosqichlarda MasterCard, American Express va boshqa kartalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2016 yil 5 yanvardan boshlab mahalliy yo‘nalishlar, shu yilning 18 noyabridan esa xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha UzCard bank kartalari orqali aviachiptalarni onlayn sotishni yo‘lga qo‘ygan edi.