7−9 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Made in Uzbekistan» mamlakat iqtisodiy yutuqlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari hamkorlik to‘g‘risida 10,5 mln dollarlik shartnomalarni imzoladi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, shartnomalar Quvayt, Tojikiston va Qozog‘iston kompaniyalari bilan imzolandi.

Tadbirda avtomobilsozlik, yengil sanoat, elektrotexnika, kimyo, tog‘-metallurgiya, mebel sanoati, qurilish, farmatsevtika, ta’lim va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi 220 milliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etdi.