O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Karmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila natijasida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Yakshanba kuni Eron va Iroq chegarasida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. RIA Novostining Eron tez yordam rahbari Pir Husayn Kulivandga tayanib xabar qilishicha, jarohatlanganlar soni 2500 nafarga yetgan, eng kamida 210 kishi halok bo‘lgan. 70 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgan.