O‘zbekiston Markaziy banki jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

Hujjatga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan turib tijorat banklarining konversion bo‘limlarida o‘z hisob raqamlaridan xorijiy valyutani sotib olish huquqiga ega bo‘ldi.

Banklarning ayirboshlash punktlari xorijiy valyutani nafaqat naqd pul ko‘rinishida, balki xalqaro plastik kartalardan ham xarid qiladi. Agarda ayriboshlanayotgan mablag‘ eng kam oylik ish haqining 500 barobari yoki undan ko‘p miqdorda bo‘lsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (norezidentlar uchun — pasport) talab qilinadi va hujjat nusxasi olib qolinadi.