UZMOBILE Milliy mobil aloqa operatori («O‘zbektelekom» filiali) GSM tarmog‘ida ramziy millioninchi abonentini ro‘yxatga oldi.

Kompaniyadan xabar qilinishicha, Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabasi Shavkatjon Akmaldinov millioninchi abonentga aylandi.

UZMOBILE GSM tarmog‘i 2015 yil aprelida Toshkent va Toshkent viloyatida ishga tushirilgan edi. Operator 2004 yildan buyon CDMA standarti tarmog‘ida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.