O‘zbekiston Adliya vazirligi retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxatini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi tahrirga 129 nomdagi dori vositasi kiritilgan bo‘lsa, 100 tasi chiqarilgan. Ro‘yxatdagi dorilarning jami soni 1225 tadan 1254 taga ko‘paygan.

Hujjatda dori vositasi qadog‘i, qo‘llash bo‘yicha qo‘llanmasi yoki ilova varaqasida ko‘rsatilgan dori vositasini sotish tartiblaridan qat’i nazar ro‘yxatga rioya etilishi lozim.

Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati