O‘zbek futbolida hakamlik sifatini oshirish masalalar ihakamlar va komissarlarning navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilindi, deya xabar бердиO‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, federatsiya xodimlari hamda O‘zbekiston chempionatida faoliyat yuritayotgan hakam va nazoratchilar ishtirok etdi.

Oxirgi turlarda yaqqol ofsayd holatidagi gollarni hisobga olish, bahsli penaltilarni belgilash yoki ularni bekor qilish kabi xatoliklar sababli hakamlar faoliyati tanqidlar ostida qolmoqda. Shu munosabat bilan bir qancha hakamlaryil oxiriga qadar ishdan chetlatildi.

O‘FF rahbari hakamlar malakasini oshirish va adolatli hakamlikni ta’minlash federatsiya oldidagi asosiy vazifalardan ekanini ta’kidlab o‘tdi.