Nestlé Uzbekistan kompaniyasi dekabrdan Toshkentda 18,9 litr hajmdagi qadoqlangan suvlarni yetkazib berish bo‘yicha biznesini to‘xtatib, 5 litr hajmdagi suvlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi. Kompaniyaning poytaxtdagi qadoqlangan suvlarni ishlab chiqaruvchi zavodi yopiladi.

Kompaniya vakilining «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, ushbu qaror yangi bozor kon’yukturasi manzarasida tashkilot tuzilmasini yanada optimallashtirishga o‘tish zarurligi hamda biznesning joriy ustuvor talablari munosabati bilan qabul qilindi.

Toshkentdagi suv ishlab chiqaruvchi zavod 2011 yilda ochilgan edi. 0,5 va 1,5 litr hajmdagi Nestlé Pure Life suvlarini ishlab chiqarish Namangandagi Nestlé Uzbekistan korxonasida davom ettiriladi va kompaniya mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘lidan boradi.

Nestlé Uzbekistan Toshkentdagi zavodni mahalliy yoki xorijiy investorlarga sotish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.