Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov 7 noyabr kuni O‘zbekiston poytaxtida isitish mavsumini boshlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qildi shahar hokimiyati axborot xizmati.

Hujjatga muvofiq, 10 noyabrdan ijtimoiy ob’ektlar (ta’lim va tibbiyot muassasalari), 12 noyabrdan esa ko‘p xonadonli turar-joy binolarini isitishga kirilishi lozim.