7−9 noyabr kunlari poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz"da «Made in Uzbekistan» O‘zbekiston iqtisodiyoti yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sanoatning barcha sohalarida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi 220 ta mahalliy kompaniya avtomobilsozlik, yengil sanoat, elektrotexnika, kimyo, tog‘-metallurgiya, mebelsozlik, qurilish sanoati, farmatsevtika, ta’lim va boshqa sohalar bo‘yicha 10 mingdan ortiq tovar va mahsulotlar bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov ko‘rgazmaning ochilishi marosimida mazkur tadbir mahalliy korxonalar o‘rtasida uzoq muddatli yangi hamkorlik munosabatlarni, xorijiy iste’molchilar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatilishida, kichik biznes korxonalarini ishlab chiqarish kooperatsiyasiga jalb etishda katta imkoniyat yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

Video


Foto

=