O‘zbekiston va Armaniston bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Karen Karapetyan 3 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarga yangi turtki berishga kelishib oldi, deya xabar qildi Armaniston hukumati sayti.

Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tashkil etishning muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, diplomatik vakolatxonalar ochish hamda Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqasini o‘rnatish muhokama qilindi.

Hukumat rahbarlari turizm sohasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini ham muhokama etishdi.