2 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududida, joriy yilning 3 noyabr kuni esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida shamol tezligi 17 22 m/s (60 80 km/soat) gacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston FVV O‘zgidrometga asoslanib xabar qildi. Aholidan kuchli shamol vaqtida ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 2 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, sharqiy shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 noyabr kuni +16…+18, kunduzi — +30…+32 daraja bo‘ladi. 3 noyabr kechasi harorat +16…+18, kunduzi — +20…+22 darajani tashkil etadi, shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi, kechga borib yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

Respublika bo‘ylab batafsil ob-havo ma’lumoti