O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi terak munosabati bilan AQSH Prezidenti Donald Trampga hamdardlik yo‘lladi. Maktub matni TIV matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

«Ushbu shafqatsiz jinoyatni hech qanday yo‘l bilan oqlab bo‘lmaydi. Biz ekstremizm va terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishini qattiq qoralaymiz», — deb yozadi O‘zbekiston Prezidenti.

U sodir bo‘lgan fojia bu kabi noinsoniy zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir tasdiqlashini ta’kidlab o‘tdi.

«O‘zbekiston o‘z tomonidan mazkur terroristik aktni tergov qilishda ko‘maklashish uchun barcha kuch va vositalarni ishga solishga tayyor», — deyiladi Shavkat Mirziyoyev maktubida.

Davlat rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqiga har tomonlama birdamlik hissini izhor etib, halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini bildirdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayib ketishlarini tiladi.