O‘zbekiston Prezidentining 24 oktyabrdagi qarori bilan Xurshid Mirzohidov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari — «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

«O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» DUK Prezidentning 11 sentyabrdagi qarori bilan qo‘mita huzuridagi «Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish» korxonasi bazasida tashkil etilgan edi.

Xurshid Mirzohidov joriy yil fevralidan avgustiga qadar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini boshqardi, avval axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bo‘lgan.