Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi dushanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Islombek To‘laganovga nisbatan may oyida kursdoshi bilan mushtlashuvda uning o‘limiga sabab bo‘lgani uchun olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Islombek To‘laganov (1999 yilda tug‘ilgan) iyun oyi boshida kollejning boshqa o‘quvchisi Jasurbek Ibragimovga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, uning o‘limiga sabab bo‘lganlik aybi bo‘yicha hibsga olingan edi.

Tergov jarayonini O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev shaxsan nazoratiga oldi.

3 may kuni Jasurbek Ibragimovga og‘ir tan jarohatlarini yetkazganlik dalili bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qism «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan og‘ir tan jarohatini yetkazish) alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Sud jarayonida 1999 yilda tug‘ilgan Islombek To‘laganov… „jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan og‘ir tan jarohatini yetkazish“ jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi va umumiy tartibli koloniyada olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi», — dedi raislik qiluvchi sudya Matchonboy Matchonov.

Sudda yuzaga kelgan janjal natijasida Islombek To‘laganov Jasurbek Ibragimovga og‘ir tan jarohatlarini yetkazgani aniqlandi. Olingan jarohatlardan so‘ng Jasurbek Ibragimov bir oy davomida beshta operatsiyani boshdan kechirgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlay olmadi.

JKning 85-moddasiga muvofiq, o‘n oltidan o‘n sakkizgacha yoshdagi og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Bundan tashqari, sudlanuvchining jinoyatni sodir etgan vaqtda voyaga yetmagani, avval sudlanmagani, sodir etilgan jinoyat xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, yashash joyidan ijobiy mazmundagi tavsifnoma berilgani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar ham inobatga olindi.

Raislik qiluvchi marhumning onasi Nilufar Aliyevaning jinoyatni faqatgina Islombek To‘laganov emas, balki boshqa bir necha shaxs ishtirok etgani to‘g‘risidagi gumoni bo‘yicha izoh berdi.

«Tergov va sud jarayonida aniqlangan ob’ektiv ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi Islombek To‘laganov, guvoh Temirov To‘laganov va Ibragimov yakkama-yakka mushtlashgani, boshqa bolalar esa bu paytda janjalga aralashmagani, Ibragimovning o‘limiga faqatgina To‘laganov yetkazgan tan jarohatlari sabab bo‘lgani to‘g‘risida guvohlik bergan», — dedi Matchonboy Matchonov.

2-sonli bolalar jarrohligi hamshirasi Malika Siddiqovaning ko‘rsatmalari hisobga olinmadi, bunga uning jinoyatning boshqa ishtirokchilari nomlarini ayta olmagan va bu haqda darhol hodisadan so‘ng emas, balki «hozirgina» ma’lum qilgani sabab qilib keltirilgan.