Zafar Rahmatullayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibidagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar qildi.

Zafar Rahmatullayev bunga qadar Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi (avgustdan Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashda ko‘maklashish markaziga aylantirildi) direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.