O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Toshkentning Yashnobod tumanida qurilgan «Ashxobod» bog‘i bilan tanishdi.

Park Kichik halqa yo‘li va turkman shoiri Maxtumquli nomi bilan ataluvchi ko‘cha yaqinida bunyod etildi (xarita).

«O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi xabariga ko‘ra, bog‘da Turkmaniston milliy arxitekturasining o‘ziga xos qirralaridan foydalanilgan.

Hozirda 10 gektar maydonni egallagan bog‘ hududida sakkizta favvora mavjud bo‘lib, gullar, daraxtlar o‘tqazilgan, yugurish va velosiped haydash uchun yo‘laklar bunyod etilib, velosipedlar ijarasi tashkil etilgan.

Konsert dasturlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan amfiteatr qush shaklida bo‘lib, yangi «Ashxobod» xalqaro aeroportining nusxasi hisoblanadi.

Kelgusida qo‘shimcha 4 gektar maydonda savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish punktlari quriladi.

Video