O‘zbekistonda joriy yil to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning mos davriga (2,2%) nisbatan yuqori bo‘lib, 7,8 foizni tashkil etdi, deb xabar qildi Markaziy bank Davlat statistika qo‘mitasiga tayangan holda.

Ko‘rsatib o‘tilgan davrda iste’mol tovarlari narxi o‘rtacha 7,6 foizga (2016 yil yanvar-sentyabrda — minus 3,3 foiz), noiste’mol tovarlar — 8,6 foizga (+6,8 foiz), pulli xizmatlar — 7 foizga (+7 foiz) o‘sdi.

Narxlarning ko‘tarilishiga monetar omillar bilan bir qatorda an’anaviy mavsumiy tebranishlar va taklif omillari ham ta’sir ko‘rsatdi.

MB milliy valyutadagi aktivlar daromadliligini saqlash, real foiz stavkalari barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotda pul takliflari o‘sishi sur’atlariga barham berish maqsadida qayta moliyalash stavkasini 14 foiz darajada saqlab qolishga qaror qildi.