Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nistaban 16,6 foizga o‘sib, 19,947 mlrd AQSH dollaridan ziyodroqni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qildi.

Keltirib o‘tilgan davrda eksport hajmi 10,358 mlrd dollar (o‘tgan yilning g‘nvar-sentyabr oylariga nisbatan +25,6 foiz), import — 9,588 mlrd dollarni (+8,3 foiz) tashkil etdi. Tashqi savdo saldosi 740,6 mln dollarni tashkil etdi.