Yagona umumrespublika protsessing markazi va Yagona xalqaro protsessing markazi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

YAUPM va YAXPMning hamkorlikdagi press-relizda xabar qilinishicha, hujjat amaldagi va yangi tashkil etiladigan banklararo chakana to‘lovlar infratuzilmalarida Uzcard va GlobUzCard tizimlari plastik kartalariga birgalikda xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.

O‘zbekistondagi barcha banklar Uzcard YAUPM to‘lov tizimi ishtirokchilari hisoblanadi. GlobUzCard YAXPM to‘lov tizimi esa joriy yilda ishga tushirildi.