O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining IslamKarimov.uz va IslomKarimov.uz manzillaridagi rasmiy sayti ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Saytda Islom Karimov hayoti va faoliyati, uning mehnatlari, shuningdek yodgorlik majmuasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Mediatekada foto va videomateriallar joylashtirilgan. Vitual tur yordamida Islom Karimov yodgorligi atrofida «sayr qilish» mumkin.

Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat jamg‘armasi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.