«O‘zavtosanoat» kompaniyasi va Amerikaning General Motors kompaniyasi o‘zbek avtosanoatini mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga katta hissa qo‘shuvchi GM-O‘zbekiston Alyansi —o‘z hissasini qo‘shishi kutilayotgan hamkorlikning yangi platformasiga o‘tilishini e’lon qildi.

Alyans doirasida tomonlar O‘zbekistonda avtomobillar va dvigatellarini ishlab chiqarish, hamda ichki va tashqi bozorda Chevrolet va Ravon brendlari ostida avtomobil savdosi bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi. «O‘zavtosanoat» va GM 2007 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

«O‘zaro munosabatlarning qo‘shma korxona shaklidan GM-O‘zbekiston Alyansi sifatida qayta tuzilishi O‘zbekiston milliy avtosanoatining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini ta’minlaydi», — deyiladi GM Uzbekistan QK press-relizida.

«Tomonlar yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar ustida ishlashda davom etadi. GM-O‘zbekiston Alyansi doirasida tomonlar shuningdek MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini o‘rganishadi. Alyans shuningdek GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-xaularidan foydalanishni ta’minlaydi», — deya qayd etiladi xabarda.

Alyans doirasida «O‘zavtosanoat» AJ avtomobil va dvigatellarni ishlab chiqarish bo‘yicha operatsion faoliyat, shu jumladan tashqi bozorda GM mahsulotlari uchun Ravon brendini dunyoga tanitish bo‘yicha nazoratni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. «O‘zavtosanoat» AJ hamkorlikdagi faoliyat fundamenti bo‘ladigan Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish va mamlakatimiz ichki bozorida sotishni davom etadi, Ravon brendini tashqi bozorga yetkazib berish esa kengaytiriladi.

«Sohaning mustahkamlanayotganini inobatga olgan holda, xozir Alyansga o‘tishning ayni vaqti. GM kompaniyasi O‘zbekistonda qoladi va mamlakatdagi avtomobil sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi», — deydi GM Operations Uzbekistan rahbari janob Xektor Vilyarreal.

Ikki tomon Alyansga o‘tish bandlik darajasiga yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasligini tasdiqlaydi. GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni, hamda O‘zbekiston avtosanoatini konsultativ hamda texnik ko‘mak berishga yo‘naltirilgan yangi tashkil topayotgan GM Advisory Services kompaniyasi orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.