«O‘ztreyd» kompaniyasi ilk bor O‘zbekistondan AQSH bozoriga sarxil qovunlarni eksport qildi, deb xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

1 tonna hajmdagi qovunlarning birinchi partiyasi Nyu-Yorkdagi Uz-American Trade Corp savdo uyiga yetkazib berildi.

Shuningdek, «O‘ztreyd» AQSHga qiymati 5,1 mln dollarga teng bo‘lgan tayyor to‘qimachilik, quritilgan meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomasini tuzdi.