17 oktyabr kuni Toshkent va Buxoro viloyatida esgan kuchli shamol (32 m/s gacha) ma’muriy binolar va turar-joylar tomlarining buzilishi, avtomobillarning daraxt shoxlari qulashidan shikastlanishi hamda poytaxtning ayrim tumanlarida elektr uzatish tarmoqlarining uzilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda yirik daraxt shoxi qulashi oqibatida Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G. Isoqova turli darajadagi shikastlanishlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi.