1 noyabrdan boshlab uchastka soliq inspektorlari jismoniy shaxslardan to‘lov terminallari orqali mol-mulk va yer soliqlari uchun to‘lovlarni yig‘ishni boshlaydi. Bu O‘zbekiston hukumatining 16 oktyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Banklarga Davlat soliq qo‘mitasiga inspektorlarini 2190 ta zamonaviy ko‘p funksiyali to‘lov terminallari bilan ta’minlashi uchun ko‘mak berish topshirildi.