O‘zbekistondagi barcha notariuslar legallashtirish talab qilinuvchi hujjatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi, deya xabar qildi Adliya vazirligi axborot xizmati. Bunga qadar hujjatlarni tasdiqlash bilan faqatgina muayyan notariuslar shug‘ullanar edi.

Endilikda xorijda qonuniy kuchga ega bo‘lishi uchun legallashtirish lozim bo‘lgan hujjatlarni tasdiqlash uchun fuqarolar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan notarial idoraga murojaat qilishlari mumkin, deyiladi xabarda.