Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mayda tasdiqlangan elektrlashtirilgan tezyurar halqa temir yo‘li qurilishi loyihasi qayta ko‘rib chiqildi, deya xabar tarqatdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ sayti.

Davlat rahbari topshirig‘iga binoan inshootlarni ommaviy buzishdan qochish hamda xorijiy mutaxassislar jalb etilgan holda o‘tkazilgan o‘rganishlardan so‘ng estakada tipidagi yer usti metrosini qurish bo‘yicha eng maqbul qaror qabul qilindi, deyiladi xabarda. Natijada shahar rejasi, mavjud qurilishlar, ishlab chiqarish va sanoat korxonalari maksimal darajada saqlab qolinadi.

«Boshtransloyiha» AJ tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga binoan, yangi yo‘nalish uzunligi 52,1 km ni tashkil etadi. «lar mavjud, qurilayotgan va rejalashtirilayotgan yer osti metropoliteni liniyalari bilan kesishadi. Yer usti metro stansiyalarining taxminiy soni — 35 ta.

Qurilish muddati tayyorgarlik davrini hisobga olganda to‘rt yilni (2017−2021) tashkil etadi. Loyihaning taxminiy qiymati — 422,3 mln AQSH dollari.

Taklif etilayotgan halqa metropoliten liniyasi Yashnobod, Yakkasaroy, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» poytaxt metropolitenining yangi liniyalari qurilishi bo‘yicha ham xabar berdi. Hozirda Sergeli yo‘nalishi hamda Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Yer usti Sergeli tarmog‘i qurilishida estakada ustunlari o‘rnatilmoqda. Jami bo‘lib 692 ta ustun o‘rnatildi. Ob’ektda 100 nafardan ziyod ishchi ikki smenada mehnat qilmoqda, qurilish ishlariga 25 dan ziyod texnikalar jalb qilingan.

Yunusobod yo‘nalishini davom ettirish loyihasi bo‘yicha «Yunusobod» va «Turkiston» stansiyalari o‘rtasida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Ochiq usulda tunnel qurish ishlari boshlangan. Ishlarda 90 nafar kishi, 18 ta mashina va mexanizm ishtirok etmoqda.

«Do‘stlik» — «Qo‘yliq»

Yangi metro uchastkalaridan biri Ohangaron ko‘chasi bo‘ylab sobiq tramvay liniyasi bo‘yicha olib borilmoqda. Bu yerda bo‘lg‘usi estakadalar uchun ustunlar o‘rnatish maqsadida kotlovanlar qazilmoqda.

«Ko‘prikqurilish» tresti xodimlarining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, liniya uzunligi 11 km ni tashkil etib, O‘zbekiston liniyasining «Do‘stlik» stansiyasini («sobiq «Chkalov») «Rohat» aylanmasi orqali «Qo‘yliq» bozori bilan bog‘laydi. Boshqa tafsilotlar hozircha yo‘q.

Quyida qurilish joyidan bir qancha fotosuratlar taqdim etilgan.