Toshkentning Bektemir tumanidagi «Bektemir» blokpostida 3,6 kg dan ziyodroq miqdorida marixuana olib qo‘yildi, deya xabar berdi poytaxt IIBB sayti.

Giyohvand moddasi 15 oktyabr kuni Nexia avtomobili xizmat iti yordamida tekshirilganida yo‘lovchilardan birida aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston JKning 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.