O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni jinoyat sodir etishda ishtirok etmagan shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni taqiqlash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi.

Jinoyat-protsessual kodeksining yangilangan 211-moddasi 1-qismiga ko‘ra, endilikda gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, hukm qilingan shaxslarga tegishli jinoyat qurollari musodara qilinib, tegishli muassasaga taqdim etiladi yoki yo‘q qilinadi. Bunda gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, hukm qilingan shaxsga tegishli bo‘lmagan mol-mulklar qonuniy egalariga qaytariladi.

Gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki hukm qilingan shaxsga tegishli bo‘lmagan va qonuniy egalari aniqlanmagan mol-mulklar davlat hisobiga o‘tkaziladi.

Moddaning avvalgi tahririda jinoyat qurollari musodara qilinadi, deyilgan edi.

Shu bilan birgalikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ma’muriy huquqbuzarlik qurolini musodara qilishga oid moddasiga ham o‘zgartish kiritildi. Kodeksning 27-modda 1-qismi huquqbuzarga tegishli bo‘lmagan buyumlar olib qo‘yilmaydi.

O‘zgartishlar qonun rasman e’lon qilingan sanaga (17 oktyabr) qadar qabul qilingan sud qarorlariga binoan musodara etiluvchi mol-mulklarga taalluqli emas.